Foto: Reuters
Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orol Daniyadan mustaqil boʻlish uchun intilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Tarix va hozirgi sharoit shuni koʻrsatdiki, Daniya bilan hamkorligimiz toʻliq tenglikni yaratishga olib kelmadi. Oʻzimiz oldinga harakat qilib, kelajak quradigan, jumladan, kim bilan yaqindan hamkorlik qilamiz va kimlar bizning savdo hamkorlarimiz boʻlishini belgilaydigan vaqt keldi», — deydi Egede.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mustaqillik toʻgʻrisidagi qaror Grenlandiya xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo u tegishli ovoz berish jarayonlari qachon oʻtkazilishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
Reuters agentligining qayd etishicha, bunday bayonotga Arktika orolining kelajagi atrofidagi gap-soʻzlar oʻzgargani sabab boʻlgan.
Grenlandiya 1953 yilga qadar Daniya mustamlakasi boʻlgan. Hozirda u Daniyaning oʻzini oʻzi boshqaruvchi hududi hisoblanadi va 2009 yilda ovoz berish yoʻli orqali mustaqillikni e'lon qilish huquqini qoʻlga kiritgan. 2023 yilda Grenlandiya hukumati konstitutsiyaning birinchi loyihasini taqdim etgandi.
Eslatib oʻtamiz, 22 dekabr kuni Donald Tramp oʻzining Truth Social akkauntida Qoʻshma Shtatlar «butun dunyoda milliy xavfsizlik va erkinlikni ta'minlash» uchun «Grenlandiyaga egalik va nazorat qilishi mutlaq zarur», deb yozdi. Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede esa Trampga «Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uchun uzoq davom etgan kurashimizni boy bermasligimiz kerak», deya javob qaytardi.
Tramp Grenlandiyani sotib olish istagini bildirganidan keyin Daniya hukumati ushbu arktik hududning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishini e'lon qildi. Daniya mudofaa vaziriga koʻra, gap 1,5 milliard dollarlik mudofaa paketi haqida ketmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Abduqodir Husanov muxlislari uchun yoqimli xushxabar...