07:13 / 04.01.2025
14

Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi

Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Apple kompaniyasi Siri virtual yordamchisidan foydalanuvchilarning roziligisiz suhbatlarini yozib olishda foydalanganlikda ayblanib, sud jarayonini hal qilish uchun 95 million dollar toʻlashga rozi boʻldi.

Da'voga koʻra, Apple Siri’ga oʻn yildan koʻproq vaqt davomida iPhone va boshqa qurilmalarda suhbatlarni yozib olishga yashirincha ruxsat bergan. Bundan tashqari, yozuvlar odamlar Siri’ga “Hey, Siri” faollashtirish iborasi bilan murojaat qilmagan hollarda ham sodir boʻlgan. Yozib olingan suhbatlarning bir qismi reklama beruvchilarga uzatilgan.

31 dekabrda tuzilgan kelishuv bitimida Apple har qanday qonunbuzarlikni “inkor etishda davom etishini” aytgan.

The Washington Post shartnoma shartlari (hali sud tomonidan tasdiqlanmagan) Apple kompaniyasidan 2019 yil oktyabrgacha Siri orqali toʻplangan audioyozuvlarni oʻchirib tashlashni tasdiqlashini talab qilishini yozgan.

"Agar kelishuv tasdiqlansa, 2014 yil 17 sentyabrdan 2024 yil oxirigacha iPhone va boshqa Apple qurilmalariga ega boʻlgan foydalanuvchilar sudga murojaat qilib, Siri bilan jihozlangan har bir mos qurilma uchun 20 dollargacha pul olishlari mumkin", deya xabar beradi Associated Press.

Sud hujjatlariga koʻra, sudga da'vo qilish huquqiga barcha foydalanuvchilarning 3-5 foizi ega boʻlishi aytilgan. Da'vogarlar Siri tinglash uchun faollashtirilganini payqashganliklari va tasodifiy faollashuv “maxfiy boʻlishi kerak boʻlgan suhbat” paytida sodir boʻlganligi haqida guvohlik berishlari kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi