10:13 / 04.01.2025
70

Pokiston va Afgʻoniston urush yoqasida...

Pokiston va Afgʻoniston urush yoqasida...
Bir haftadan koʻproq vaqt davomida chegaradagi vaziyat taranglashgan. 24 dekabr kuni Pokistonning Afgʻoniston sharqiga uyushtirgan havo hujumlarida kamida 46 kishi halok boʻldi.

Pokistonning aytishicha, hujumlarda «terrorchilar boshpanalari» nishonga olingan. Afgʻoniston rasmiylariga koʻra, qurbon boʻlgan 46 kishining aksariyati ayollar va bolalardir.

Bunga javoban «Tolibon» chegaraga harbiy texnika va 15 ming askarni joylashtirdi. Shundan soʻng afgʻonlar bahsli chegarada Pokistonning bir nechta pozitsiyalariga hujum qildi. U erda toʻqnashuvlar davom etmoqda.

«Tolibon» vakillari Britaniyaning Telegraph gazetasiga bergan intervyusida mojaroning har qanday keskinlashuviga tayyor ekanliklarini aytishgan:

«Ularda yadro bombasi bormi-yoʻqmi, bizni qiziqtirmaydi», deydi yuqori martabali vakillardan biri.

Pokiston rahbarlari afgʻon toliblarini pokistonlik jangarilarga boshpana berganlikda ayblamoqda. Gap birinchi navbatda «Tehrik-e-Tolibon Pokiston» (TTP) guruhi haqida bormoqda. TTP guruhi Pokistonda vayronagarchiliklar keltirib chiqarmoqda. Birgina 2024 yilda Pokiston xavfsizlik kuchlariga 444 ta hujum uyushtirilgan, kamida 685 kishi halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo