Foto: Reuters
AQSh Federal tergov byurosi (FTB) Las Vegasdagi Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck avtomobilini portlatgan amerikalik harbiy xizmatchining harakatlarini oʻz joniga qasd qilish deb baholamoqda.
"Hodisa odatdagidan koʻproq e'tiborni tortgan boʻlsa-da, bu jarohatdan keyingi stress hamda boshqa muammolar bilan kurashgan urush faxriysining fojiali oʻz joniga qasd qilishiga oʻxshaydi", dedi 3 yanvar kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida FTB tergovchisi Spenser Evans.
FTB harbiyning shaxsini aniqladi. Avvalroq tergovchilar bu “Yashil beretlar” elita boʻlinmasida xizmat qilgan 37 yoshli Metyu Alan Livelsberger ekani haqida xabar bergan edi. Ularning ma'lumotlariga koʻra, Livelsberger yaqinda Germaniyaga xizmat safardan qaytib kelgan va tasdiqlangan ta'tilda boʻlgan. Serjant beshta “Bronza yulduz” mukofoti bilan, jumladan, jangda koʻrsatgan jasorati uchun taqdirlangan. GFRdan tashqari, u Ukraina, Gruziya, Tojikiston, Afgʻoniston va Kongoda ham xizmat safarlarida boʻlgan.
Xayrlashuv maktubida harbiy AQShni dunyodagi eng yaxshi mamlakat deb atagan
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli mehmonxonaga kiraverishda mushaklar ortilgan ijaraga olingan elektr pikap portlab, etti kishi jarohat olgan edi. Mashina portlashidan oldin erkak boshiga oʻq uzgan.
Tergovchilar ma'lumotlariga koʻra, askar Trampdan nafratlanmagan. Amerikaning The Daily Beast nashri yuqori lavozimli amaldorga tayanib xabar berishicha, marhum askar Trampning tarafdori boʻlgani va noyabr oyida unga ovoz bergan. Harbiy xizmatchining amakisi uning jiyani “oʻz mamlakatini sevgani, Trampni yaxshi koʻrgani va har doim juda vatanparvar askar boʻlgani”ni aytgan.
Federal tergov byurosi Las Vegasdagi portlash va Yangi Orleandagi teraktni oʻzaro aloqadorligini rad etdi. Matbuot anjumanida tergovchilar askarning xayrlashuv xatidan parchalarni e'lon qildilar. Xatda askar AQShni dunyodagi eng yaxshi mamlakat deb ta'riflab, “hozirda oʻlimga olib boruvchi kasallikka chalingan va halokatga yuz tutayotgan” deb yozgan.
Askar oʻz harakatini “terror xuruji emas, balki xavotirli chaqiriq” deb atadi.
Amerikaliklar faqat tomosha va zoʻravonlikka e'tibor berishadi. Oʻz nuqtayi nazaringizni mushakbozlik va portlovchi moddalar bilan boʻlmasa, qanday qilib etkazish mumkin?, deyiladi maktubda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toyota kompaniyasi Alphard minivenining ikkita yangi versiyasini taqdim etdi
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi
Qozogʻistonda AZAL yoʻlovchilarini qutqarishda ishtirok etgan 19 kishiga davlat mukofotlari topshirildi
Janubiy Koreya politsiyasi prezidentni hibsga olishdan bosh tortdi
Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Makron: “AQSh Rossiyani Ukraina boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga koʻndirishi kerak”
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Haydovchisiz taksi manziliga etib kelgan yoʻlovchini tushirishni «xohlamadi»...