
Amerika Qoʻshma Shtatlarida kuchli qor boʻroni sodir boʻlmoqda, bu ba'zi hududlarda soʻnggi 10 yildagi eng kuchli boʻronga aylanishi mumkin deyilmoqda.

Kanzas, Arkanzas, Kentukki, Missuri va Virjiniya shtatlarida favqulodda holat e'lon qilindi. Sinoptiklar boʻron 50 millionga yaqin odam yashaydigan hududni qamrab olishini taxmin qilishmoqda.

Boʻron Koloradoning sharqiy qismidan Merilend va Delavergacha boʻlgan oʻnlab shtatlar boʻylab 1500 mildan ortiq masofani bosib oʻtadi, bu esa elektr ta'minotida uzilishlar, daraxtlar qulashi va transport muammolariga sabab boʻlishi, yoʻllarning muzlashiga olib kelishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar