12:39 / 06.01.2025
108

Zelenskiy Rossiyaga hududiy yon bosish shartini aytdi

Zelenskiy Rossiyaga hududiy yon bosish shartini aytdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan voz kechish evaziga NATOga qoʻshilish stsenariysini koʻrib chiqishi mumkin. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy amerikalik podkaster Leks Fridmanga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Podkaster prezidentdan Ukraina NATOga a'zo boʻlish taklifi evaziga Lugansk, Donesk, Zaporoje va Xerson viloyatlari, shuningdek, Qrimdan voz kechishi ehtimolini soʻradi. Zelenskiy Ukraina bunga ba'zi shartlarga rioya qilgan taqdirdagina rozi boʻlishini aytdi.

NATO Ukrainaga qonuniy ravishda taklif qilinmoqda va biz Ukrainaning boshqa hududlarini tan olmasak-da, NATO Ukraina nazoratidagi qismda faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda kelishib olsa boʻladi. Bunga ishonchim komil”, dedi Zelenskiy.

Prezident aniqlik kiritib, bunday stsenariy faqatgina Ukraina urushni tugatishning diplomatik yoʻlini koʻrgandagina amalga oshishi mumkinligini aytdi.

Bu birinchisi. Ikkinchisi — qurol-yarogʻ toʻplami. Men buni ommaviy ravishda aytishga tayyor emasman, lekin prezident Tramp uchun bu sir emas. Bu asosan AQShning xohishiga bogʻliq. Chunki qisman Evropa Ittifoqi va qisman AQSh beradi. Bu toʻplam uchun yakdillik kerak”, dedi u.

Zelenskiy Tramp Rossiya energetikasining bozorga kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun unga qarshi sanktsiyalar joriy etish kerakligini ta'kidladi. Ukraina prezidenti bu, birinchi navbatda, Vashington uchun foydali boʻlishini aytdi.

Ukraina shartlari

Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.

Rossiya shartlari

Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo