
Foto: BILD
Los-Anjeles (AQSh)da haydovchisiz boshqariluvchi taksi toʻxtashni «istamagani» uchun yoʻlovchi samolyotdan qolib ketgani ma'lum boʻldi.
Mayk Jons Skottsdeyl (Arizona shtati)ga, uyiga qaytayotgan edi. U aeroportgacha Waymo taksisiga buyurtma bergandi. Waymo — Google kompaniyasining haydovchisiz transport vositalari bilan shugʻullanuvchi shoʻ'basi.
Haydovchisiz taksi Jonsni aerorportgacha olib keldi, biroq toʻxtash oʻrniga, tinmay bir joyda aylana boshladi. Mayk mashinada qamalib qolgan, qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimi esa masofadan turib mashinani toʻxtatishga urinardi.
Nihoyat, yoʻlovchini mashinadan tushirib olishdi, ammo bu paytga kelib samolyot uchib ketgandi. Jonsning aytishicha, kompaniya etkazilgan zararni qoplash tugul, kechirim ham soʻramagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar