18:48 / 06.01.2025
56

Seulda chetlatilgan prezident tarafdorlari va tanqidchilari miting uyushtirdi

Seulda chetlatilgan prezident tarafdorlari va tanqidchilari miting uyushtirdi
Foto: Reuters
Koreya Respublikasining lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol qarorgohi yaqinida 5 yanvar, yakshanba kuni bir vaqtning oʻzida uning tarafdorlari va tanqidchilarining mitinglari boʻlib oʻtdi. Ularni politsiya kordonlari ajratib turdi. Har bir aktsiyada qor yogʻishiga qaramay, yuzlab odamlar ishtirok etdi.

Yunning raqiblari uning muddati 7 yanvarga oʻtar kechasi tugaydigan sud buyrugʻiga asosan hibsga olishni talab qilishgan. «Prezident xavfsizlik xizmati jinoyatchini yashirishda davom etmoqda, yuqori martabali amaldorlar oʻrtasidagi korruptsiyani tergov qilish boshqarmasi esa boʻshashib ishlamoqda», — deya AP agentligi muxolifat faollaridan birining soʻzlarini keltirdi.

Qarama-qarshi lagerdagi namoyishchilar «mamlakat va demokratiyani himoya qilish» zarurligi haqida gapirdi. «Men urushni boshdan kechirdim va kommunistlarga qarshi kurashish uchun minus 20 darajada qorda yurganman. Hozirgi qorlar hech narsa emas. Bizning urushimiz yana boshlanmoqda», dedi keksa faol AFP'ga.

Qoʻriqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi

Mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ishini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovchilar 3 yanvar kuni ertalab Seuldagi qarorgohiga uni qoʻlga olish uchun etib keldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Janubiy Koreyaning yuqori martabali hukumat amaldorlari uchun Jinoyat qidiruv xizmati (CIO) va politsiya xodimlari Yunning qarorgohiga kelgan. 50 kishidan iborat tergov guruhi qarorgoh hududiga kirdi, biroq harbiylar yoʻlni toʻsib qoʻyishdi. Tergovchilar harbiy xizmatchilarning ikki qatorini yorib oʻtishga muvaffaq boʻldi, ammo Yunning qoʻriqchilari ularni ichkariga kiritmadi.

Yonhap agentligining xabar berishicha, politsiya prezident qarorgohi yaqinida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus boʻlinma va 2700 nafar xodimni joylashtirgan. Uning yonida Yunning 1,2 ming tarafdori yigʻilib, «prezidentni himoya qilish» va «impichmentni bekor qilish»ga chaqirishdi. Ulardan ba'zilari politsiya bilan toʻqnashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo