Foto: Meduza LIVE
Donald Trampning Grenlandiya borasidagi qator bayonotlaridan soʻng Daniya oʻz gerbini oʻzgartirdi.
500 yil mobaynida mamlakat gerbida uch toj — Daniya, Shvetsiya va Norvegiya oʻrtasida XIV asrda tuzilgan Kalmar uniyasi ramzi aks etib kelgan. 2024 yil dekabri oxirida Daniya qiroli Frederik gerbni oʻzgartirishga farmon berdi. Unga Kopengagen oʻz nazorati ostida saqlamoqchi boʻlgan hududlar — Farer orollari (qoʻy) va Grenlandiya oroli (oq ayiq) ramzlari qoʻshilgan.
Tramp AQSh orolni sotib olmoqchi ekanligini aytganidan soʻng Daniya gerbini oʻzgartirdi, deb yozdi 6 yanvarda The Guardian. Tramp kecha Truth Social ijtimoiy tarmogʻida joylagan postida goʻyoki grenlandiyaliklarning oʻzlari AQShning bir qismi boʻlishni istashayotgani, chunki bu «foydali» ekani, «Grenlandiyani yana buyuk qilamiz!» kabi balandparvoz gaplarni yozgandi.
Oʻz navbatida, Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orolga mustaqillik berilishini istamoqda. Uning fikricha, orolning Daniya tarkibidagi tarixi «teng huquqli hamkorlik yaratilishi mumkin emasligini» koʻrsatmoqda. U yangi yil murojaatida mahalliy hukumat konstituttsiya loyihasini tayyorlagani haqida ma'lumot bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
Qirol kubogi. "Al-Ittihod" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni taslim etdi
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi