Foto: “Korrespondent.net”
Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlikka 2025 yil 20 aprelgacha erishilishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning Sky News telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbaga koʻra, tinchlikka erishish xristianlarning Pasxa bayramidan oldin amalga oshishi mumkin.
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi keng koʻlamli urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush 2025 yilda tugashiga umid qilishini aytgan edi.
Avvalroq Financial Times Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush boʻyicha oʻz prognozlarini e'lon qilgandi. Unga koʻra, Rossiya 2025 yilda keskinroq sanktsiyalar tahdidi ostida Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzadi.
Nashrning fikricha, kelishuvga erishish uchun AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kiyevni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak boʻladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy podkaster Leks Fridmanga bergan intervyusida Rossiyaga hududiy yon bosish shartini
aytgandi.
“NATO Ukrainaga qonuniy ravishda taklif qilinmoqda va biz Ukrainaning boshqa hududlarini tan olmasak-da, NATO Ukraina nazoratidagi qismda faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda kelishib olsa boʻladi. Bunga ishonchim komil”, dedi Zelenskiy.
Prezident aniqlik kiritib, bunday stsenariy faqatgina Ukraina urushni tugatishning diplomatik yoʻlini koʻrgandagina amalga oshishi mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Munisa Rizayeva bir necha marta ruhiy tushkunlikka tushgani haqida soʻzlab berdi (foto, video)
Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurishi». Bu haqda nimalar ma'lum?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Qilichbozlarimiz Jahon kubogida oltita medalni qoʻlga kiritishdi
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi
Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 2024 yilda 6,6 milliard dollarga oshdi
Chevrolet Cobalt GX uchun onlayn kontraktatsiya boshlanmoqda!