12:06 / 08.01.2025
163

Xitoyning Tibet avtonom hududidagi zilzila qurbonlari soni oshib bormoqda (video)

Xitoyning Tibet avtonom hududidagi zilzila qurbonlari soni oshib bormoqda (video)
Foto: Reuters
Xitoy tarkibidagi Tibet avtonom hududida yuz bergan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida qurbonlar soni 120 kishidan oshib ketdi. Bu haqda Sky news xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat oqibatida 188 kishi jarohatlangan. Mingdan ortiq bino zarar koʻrgan. Hodisa joyida bir yarim ming nafar qutqaruvchi ishlamoqda. Xitoy hukumati vayron boʻlgan hududlar aholisiga yordam berish uchun 13,5 million dollardan ortiq mablagʻ ajratdi.

Xitoyning raisi Si Szinpin yaradorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi. U ikkilamchi ofatlarning oldini olish, jabrlanganlarni joylashtirish ishlarini toʻgʻri tashkil etish va zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarini sifatli olib borishga chaqirdi.

Seysmologik vaziyat ustidan nazoratni kuchaytirish va uni barvaqt ogohlantirish, qutqaruv ishlari uchun materiallarni oʻz vaqtida etkazib berish, shikastlangan infratuzilma inshootlarini tiklashni tezlashtirish, aholiga zaruriy asosiy hayotiy sharoitlarni ta'minlash kerak, toki odamlar qishni xavfsiz va issiq oʻtkazishlari mumkin boʻlsin, dedi u.

Xitoydagi zilzila

Tibetda 7 yanvar kuni 6,8 balli (AQSh geologiya xizmati hisob-kitoblariga koʻra 7,1 magnitudali) zilzila qayd etildi. Er silkinishlari Nepal, Butan va Shimoliy Hindistonda ham sezildi.

Xitoyning janubi-gʻarbiy qismlarida tez-tez zilzila kuzatiladi. 2008 yilda Sichuan provintsiyasida sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida 70 mingga yaqin kishi halok boʻlgandi.

Soʻnggi besh yil ichida Shigatse zilzilasidan 200 km uzoqlikda uch yoki undan ortiq magnitudali 29 ta zilzila qayd etilgan. 2015 yilda qoʻshni Nepaldagi Katmandu yaqinida 7,8 magnitudali zilzila sodir boʻlgandi, bu mamlakatda kuzatilgan eng dahshatli zilzilada 9000 ga yaqin odam halok boʻlgan va minglab odamlar jarohatlangan. Shavkat Mirziyoyev zilzila yuzasidan Si Szinpinga ta'ziya yoʻlladi. Davlat rahbari halok boʻlganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo