
Foto: Fir'avn Pepi II tabibining qabri / Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi
Arxeologlar Qohira janubidagi Saqqara hududida olib borgan qazishmalari davomida Qadimgi podsholik davriga oid fir'avn Pepi II ning tabibi maqbarasini topdi. Bu haqda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi xabar berdi.
Topilma Fransiya-Shveytsariya arxeologik guruhi tomonidan aniqlangan. Ular yuqori martabali davlat arboblari maqbaralari joylashgan joyda tabib Teti Neb-Fuga tegishli xom gʻishtdan qurilgan mastaba (maqbara) ni topgan.
Uning fir'avn Pepi II (eramizdan avvalgi XXIII-XXII asrlar) davrida yashagani va bir qator yuqori lavozimlarda, xususan, saroyning bosh shifokori, ma'buda Serketning diniy marosimlar oʻtkazadigan xodimi, bosh tish shifokori va dorivor oʻsimliklar boʻyicha boshqaruvchi lavozimlarida ishlagani ta'kidlangan.

Foto: Fir'avn Pepi II tabibining qabri / Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi
Mastabada topilgan tasvirlar va matnlar Qadimgi podsholik davri kundalik madaniyatining yangi jihatlarini ochib beradi. Arxeologlar guruhi rahbari Filipp Kolombaning soʻzlariga koʻra, shifokor maqbarasi talon-taroj qilingan boʻlishi mumkin, ammo devorlarda tasvirlar saqlanib qolgan.

Foto: Fir'avn Pepi II tabibining qabri / Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi
Shuningdek, ichki tomoniga iyerogliflar bilan maqbara egasining ismi va unvonlari yozilgan sarkofag ham topilgan. Misr poytaxti yaqinidagi Saqqara arxeologik majmuasida eng qadimgi nekropol bor, uning birinchi qabrlari fir'avnlarning I sulolasi davriga (eramizdan avvalgi XXXI-XXIX asrlarga) oiddir. Saqqaraning eng mashhur yodgorliklaridan biri Joserning pogʻonali piramidasi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar