19:31 / 08.01.2025
226

Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?

Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiya va Kanada haqidagi soʻzlariga izoh berar ekan, siyosatchi hali oʻz lavozimini rasman egallamaganini eslatdi. Bu haqda diplomat Sputnik radiosiga ma'lum qildi.

"U prezident boʻlgach, oʻz vakolatlarini qabul qilgach, rasmiy maqomda AQSh davlati va xalqi nomidan gapiradi, ehtimol, oʻshanda buni qandaydir tarzda baholash va tahlil qilish mumkin boʻladi", degan Zaxarova.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil oxirida Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida Grenlandiyani AQShga qoʻshib olish zarurligi haqida yozgan edi. Bunga javoban Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede "orol sotilmaydi" deya bayonot berdi.

7 yanvar, seshanba kuni Tramp yana hududni sotib olish haqida gapirib, Grenlandiya Qoʻshma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini, chunki u milliy xavfsizlik va “erkin dunyo”ni himoya qilish uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Siyosatchi, shuningdek, Kanadani AQShga 51-shtat sifatida qoʻshishni taklif qildi. Uning fikriga koʻra, bu boj va soliqlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi, Kanadaning oʻzi "tahdidlardan toʻliq himoyalanadi".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo