Comune di Belcastro/Facebook
Italiyaning kichik qishloqlaridan birida aholiga jiddiy kasallanish man etildi, deb xabar bermoqda BBC nashri.
Belkastro aholisiga “shoshilinch tibbiy yordam talab qiladigan har qanday kasallikni yuqtirmaslik buyuriladi”, deyilgan mahalliy mer Antonio Torkya farmonida.
Torkyaning aytishicha, bu qadam “hazilomuz provokatsiya” boʻlsa-da, shu tariqa mintaqaviy hokimiyat organlariga sogʻliqni saqlash tizimidagi kamchiliklarini koʻrsatish uchun signal yuborilgan.
Belkastro Italiyaning eng kambagʻal hududlaridan biri Kalabriya mintaqasi janubida joylashgan. Qishloqdagi 1200 nafar aholining qariyb yarmi 65 yoshdan oshgan odamlar, eng yaqin shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi esa 45 kilometr masofada joylashgan.
“Tez tibbiy yordam boʻlimiga faqat tezlik 30 km/soat bilan cheklangan yoʻl orqali borish mumkin”, — deb qoʻshimcha qildi u.
Qishloqdagi navbatchi tibbiyot punkti ahyon-ahyonda ochiq boʻladi, dam olish kunlari, bayramlarda yoki ish vaqti tugagandan keyin yordam koʻrsatmaydi.
“Yordam kerak boʻlib qolganida, yagona umidingiz tez yordam boʻlimiga oʻz vaqtida etib borish ekanligini bilib, oʻzingizni xavfsiz his qilish qiyin, yoʻllar esa har qanday kasallikdan koʻra kattaroq xavf tugʻdirishi mumkin”, — dedi Torkya Italiya televideniyesiga bergan intervyusida.
Farmon doirasida aholiga “zararli xatti-harakatlardan saqlanish va maishiy baxtsiz hodisalarning oldini olish” tavsiya etilgan. Shuningdek, ularga “uydan koʻp chiqmaslik, sayohat qilmaslik va sport bilan shugʻullanmaslik, aksincha vaqtning koʻp qismini dam olishga ajratish” haqida koʻrsatma berilgan.
Siyosiy beparvolik va mafiya aralashuvi, taxminan 15 yil oldin Kalabriya mintaqasida markaziy hukumat nazoratidagi sogʻliqni saqlash tizimini izdan chiqargan. Bu tizim deyarli butunlay yoʻq qilingan.
Rim tomonidan tayinlangan komissarlar kasalxonalarning katta qarzlari muammosini hal etishda qiyinchiliklarga duch keldi. Shu sababli Kalabriya aholisi hamon tibbiyot xodimlari va shifoxonada yotoqlar etishmasligidan, shuningdek, tuganmas navbatlardan aziyat chekmoqda.
2009 yildan beri mintaqadagi 18 ta shifoxona yopilgan.
Buning oqibatida Kalabriyaning qariyb ikki million aholisidan yarmiga yaqini tibbiy yordam olish uchun hudud tashqarisiga murojaat qilishga majbur boʻlmoqda.
Belkastroliklar Torkyaning farmonini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
“U jiddiy muammoga e'tiborni tortish uchun provokatsion farmondan foydalandi”, — deb ta'kidladi mahalliy aholi vakillaridan biri OAVga. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda