Donbassda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan Ukraina qurolli kuchlari 5 yanvar kuni Kursk frontida hujumga oʻtdi. Mavzu borasidagi savollarga Kun.uz studiyasida siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Jahongir Akramov javob berdi.
— Kurskdagi yangi hujum toʻlqini nega aynan hozir boshlandi va hujumning asosiy sababi nima?
— Ukrainaning 2024 yildagi eng katta magʻlubiyati frontda emas, balki AQShdagi saylovda boʻldi. Trampning saylanishi Ukrainaning pozitsiyasini kuchsizlantirdi. Kutilayotgan muzokaralarda Rossiyaning suveren hududini egallash Ukrainaga ustunlik berishi mumkin. Rossiya oʻz hududi Ukraina qoʻlida qolmasligi uchun Ukrainadan tortib olingan shaharlarni tark etishi mumkin.
— Ukraina armiyasi hujum qilgan hudud Kursk oblastining qaysi tumanlariga toʻgʻri keladi?
— Mutaxassislar bu yurishni toʻlaqonli harbiy yurish sifatida baholagani yoʻq. Chunki hujum kichik hududda, cheklangan resurslar bilan amalga oshirilmoqda va unda 6-8 ming nafar askardan iborat uchta brigada qatnashyapti xolos. Toʻlaqonli harbiy operatsiya sifatida baholanishi uchun hujum keng hududlarni qamragan holda amalga oshirilishi kerak. Hozirda hujum koʻproq Bolshaya Soldatskaya tumanida sodir boʻlmoqda.
Sudja tumanining asosiy markazlari ukrainlar nazorati ostida. Ular Bolshaya Soldatskaya tumaniga, ya'ni Sudjaning shimoli-sharqiga yurish qilib, bu erdagi ayrim aholi markazlarini egallab olishdi. Urushni oʻrganish institutining bergan xaritalariga koʻra, ular bir kunda taxminan 4 kilometrga olgʻa siljishgan. Bu hujumlar boshqa frontlarga ta'sir qilish va Rossiyani boshqa frontlardagi harbiylar Kurskka jalb qilishga undashi uchun qilinyapti. Lekin bu hujumlar oxirgisi emas, mutaxassislar yanvar oyining Belovskiy va Korniyevskiy tumanlarga ham hujumlar boʻlishi mumkinligi haqida taxmin qilmoqda.
— Trampning Rossiya-Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog yanvar oyida oʻtkazilishi kerak boʻlgan muzokaralar kechiktirilishini aytdi. Bu ham Kurskdagi vaziyat bilan bogʻliqmi?
— AQShning Ukraina boʻyicha vakili Kit Kellog harbiy tajribaga ega shaxs va mazkur operatsiyaning ahamiyatini juda yaxshi tushunadi, shu sababli u operatsiya tugashini kutayotgan boʻlishi hamda muzokaralarni hujum natijasiga bogʻliq tarzda tashkil qilishni rejalashtirgan boʻlishi mumkin.
Oxirgi paytlarda butun dunyoda boʻlayotgan turli siyosiy oʻzgarishlar va hokimiyat almashishlari natijasida, Ukrainadagi urush masalasi trenddan biroz tushgan edi. Shuning uchun Ukrainaning hujumini axborot trendini saqlab qolishga boʻlgan urinish sifatida ham koʻrishimiz mumkin. Chunki jahon va ayniqsa Gʻarb jamoatchiligining e'tibori qanchalik koʻp Ukrainada boʻlsa, bu Gʻarbdagi siyosiy liderlarga bosimni oshiradi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)