09:00 / 09.01.2025
90

Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?

Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Foto: The New York Times
Yaponiya oxirgi besh yilda mamlakat milliy xavfsizligi va yuqori texnologiyalariga oid ma'lumotlarni qoʻlga kiritishga qaratilgan kiberhujumlarda Xitoyning MirrorFace hakerlik guruhini ayblamoqda. Bu haqda Milliy politsiya boshqarmasi (NPA) ma'lum qildi.

Yapon hukumatining ma'lum qilishicha, 2019 yildan 2024 yilgacha MirrorFace hujumlari tahlil qilinganida, bu Xitoy bilan bogʻliq tizimli harakatlar ekani aniqlangan. Hujumlarning asosiy maqsadi Yaponiya milliy xavfsizligi va ilgʻor texnologiyalariga oid ma'lumotlarni oʻgʻirlash boʻlgan.

NPA ma'lumotlariga koʻra, Xitoy hukumati qoʻllab-quvvatlovi yordamida tashkil etilgan kiberhujumlar asosan Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Yaponiya kosmik agentligi, shuningdek, ilgʻor texnologiyalarga aloqador xususiy kompaniya va tahliliy markazlar xodimlari, siyosatchilar, jurnalistlarga nisbatan uyushtirilgan.

Bundan tashqari, MirrorFace 2023 yilning fevral-oktyabr oylarida yarimoʻtkazgichlar va axborot-kommunikatsiya sohasida ustuvorlikka ega 37 ta tashkilot tarmogʻiga kirgan. Jabr koʻrganlar orasida Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ham bor.

Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, virtual xususiy tarmoq qurilmalarining zaifliklaridan foydalangan holda uyushtirilgan buday hujumlar oqibatida maxfiy ma'lumotlar qoʻlga kiritilgan boʻlishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo