
JSST Xitoyda metapnevmovirus tarqalishi bilan bogʻliq holat yuzasidan izoh berdi.
Xitoyda metapnevmovirus tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat oʻtgan haftadan boshlab xavotirlarga sabab boʻlib kelayotgandi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ushbu holat yuzasidan oʻz bayonotini e'lon qildi.
Unda qayd etilishicha, Xitoy shifoxonalari bemorlar bilan toʻlgani haqidagi xabarlar asossiz. Buni mamlakat rasmiylari ham tasdiqladi.
Qolaversa, JSSTga bu davlatda noodatiy kasalliklarning epidemiologik koʻtarilishi yuzasidan hech qanday xabar kelib tushmagan. Hududda qayd etilayotgan metapnevmovirus bilan bogʻliq hozirgi holat esa mavsumiy me'yorda.
“Hech qanday favqulodda holatlar kuzatilmagan. Roʻyxatga olinayotgan oʻtkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan, metapnevmovirus darajasi qish mavsumi uchun kutilgan chegaradan oshgani yoʻq”, — deyiladi JSST bayonotida.
Umuman, ayni paytda tashkilot dunyo boʻylab nafas yoʻllari kasalliklari dinamikasini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, metapnevmovirus Oʻzbekistonda ham qayd etilgan. Rasmiylar ushbu kasallikdan vahimaga tushmaslik kerakligini aytib chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar