22:33 / 09.01.2025
39

Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyati aprel oyi oxirigacha Ukrainadagi mojaroga barham berishi mumkin.Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma'lum qildi, deb yozadi The Guardian.

Donald Tramp hali hokimiyat tepasida emas. “Soʻnggi bir necha kun ichida olgan xulosalarimga koʻra, kelishuv muddati 21 yanvardan Pasxa bayramigacha choʻziladi”, dedi u. 2025 yilda pravoslavlar, katoliklar va protestantlar ushbu bayramni 20 aprelda nishonlaydilar.

Lemmi Ukrainadagi mojaroning Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishishidan soʻng bir kun ichida yakunlanishi dargumon deb hisobladi.

5 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi va respublikachilar gʻalaba qozondi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Saylov kampaniyasi davomida Tramp Ukrainadagi mojaroni Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin bilan 24 soat ichida muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga va'da bergan edi.

7 yanvar kuni esa u janglar olti oy ichida yakunlanishiga umid bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo