© AP Photo / Evgeniy Maloletka
Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari boʻyicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov Ukraina qurolli kuchlari Ukraina chegaralaridan ancha uzoqda terrorchilik amaliyotlarini oʻtkazish uchun foydalanilgan yollanma askarlar armiyasiga aylanganini ma'lum qildi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuelada teraktlar tayyorlash vaqtida etti nafar xorijlik yollanma askar, jumladan, Ukrainadan kelgan uch nafari qoʻlga olinganini ma'lum qilgandi.
“Ukrainalik yollanma askarlarning Venesuelaga kelishi tasodifiy emas va ishonchim komilki, bu Kiyev rejimining yuqori rahbariyati va Ukraina harbiy razvedkasi darajasida kelishilgan. Bugun Ukraina Qurolli kuchlari haqiqatda Gʻarb razvedka xizmatlari post-Ukraina makonidan ancha uzoqda terroristik operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yollanma askarlar armiyasiga aylandi”, — dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.
Uning soʻzlariga koʻra, Venesuela oʻz suvereniteti uchun izchil kurashmoqda, bu esa AQSh va uning sheriklari uchun tomoqqa tiqilgan suyakdek.
“Hamma narsaga tayyor ukrainalik yollanma askarlar timsolidagi arzon ishchi kuchi allaqachon Zelenskiy nazorati ostidagi hududdan tashqarida qoʻllanilayapti”, — deb qoʻshimcha qildi Rogov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi