07:07 / 10.01.2025
33

Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?

Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz yondashuvini qayta koʻrib chiqmoqda. Bu haqda mazkur masalani Tramp ma'muriyati bilan muhokama qilgan Evropa rasmiylariga tayanib Financial Times xabar berdi.

Trampning mojaroni tezda hal qilish haqidagi saylovoldi bayonotlariga qaramay, hozirda uning jamoasi vaziyatni yarim yil ichida hal qilish mumkinligini aytmoqda. Bu yevropalik hamkorlar tomonidan Tramp ma'muriyatining Kiyevni qoʻllab-quvvatlashdan zudlik bilan voz kechish niyati yoʻqligining belgisi sifatida qabul qilinmoqda.

Foto: Getty Images
Tramp jamoasi Amerika qoʻshinlarining Jo Bayden davrida Afgʻonistondan chiqarilishini halokat sifatida qabul qilingan voqea bilan taqqoslashdan xavotirlanmoqda. Shu sababli ular Ukrainada bunday stsenariydan qochishga harakat qiladi, deb yozadi nashr.
FT ma'lumotlariga koʻra, Rossiya Ukrainaning NATOga qoʻshilmasligini kafolatlaydigan yangi xavfsizlik kelishuvlarini tuzishdan manfaatdor. Biroq Trampning Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kelloggning aytishicha, boʻlajak prezident mojaroni hal qilish doirasida Rossiyaga yon berish niyatida emas.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum shartlarga rioya qilgan holda muloqotga tayyorligini bir necha bor aytgan. Oʻz navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzokaralarda Ukrainaning talablarini, jumladan, “NATOga qisman a'zolik” va qurol-yarogʻ etkazib berishni davom ettirish kabilarni sanab oʻtgan.

Tass nashri avvalroq Tramp jamoasi Rossiya bilan xavfsizlik sohasida bitim tuzishni istisno etmagani haqida yozgan edi. Xavfsizlik boʻyicha kelishuvlar Ukraina va NATOga taalluqli boʻlishi hamda Moskva va Vashington oʻrtasida qizil chiziqlarni belgilashi mumkin.

Agentlik suhbatdoshi AQShning Rossiyadagi elchisi kim boʻlishiga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, u Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Kiyevga safari keyinga qoldirilganini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo