© AP Photo / Julia Nikhinson
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani chogʻida Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiyga Ukrainaning NATOga qoʻshilishi masalasi yopiqligini – u borib Rossiya bilan muzokara olib borishi kerakligini aytdi. Bu haqda iste'fodagi harbiy xizmatchi, AQSh armiyasi podpolkovnigi Deniyel Devis ma'lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Tramp oʻz qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Ukraining NATO tarkibida boʻlishi - katta muammo. Men ularning his-tuygʻularini tushunaman. Va bu masala boʻyicha muzokaralarda koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyildi. Tushundimki, Ukraina va Rossiya deyarli kelishuvga erishdi, biroq Bayden Ukraina NATO a'zosi boʻlishi kerakligini aytdi. Va kelishuv amalga oshmadi”, — deb tushuntirdi Tramp.
Devisning aytishicha, Tramp NATOga Ukrainani qoʻshmaslik haqida juda toʻgʻri fikr bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp Ukrainaning Ittifoqqa hatto nazariy kirishi imkoniyatini ham koʻrib chiqqani yoʻq va Zelenskiyga Ukraina mojarosiga barham berish masalasi toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya bilan muzokaralarda muhokama qilinishi kerakligi haqida tushuncha berdi. Uning aytishicha, NATOga qoʻshilish istagidan vos kechish kerak.
"Tramp ushbu matbuot anjumanida Rossiyaga borib, Vladimir Putin bilan muzokara formatida gaplashishi kerakligini aytdi", — deb tushuntirdi iste'fodagi harbiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Britaniyaliklar Afgʻonistonda jangga layoqatli erkaklarni qasddan oʻldirgani aniqlandi
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda