Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikkinchi muddatga oʻz nomzodini qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda prezident qurshovidagi odamlarga tayanib, Telegraf xabar berdi.
Hozirda Zelenskiy nomzodini ilgari surishi borasida ochiq ma'lumot bermagan. Prezidentning asosiy raqibi Buyuk Britaniyada elchi boʻlib ishlayotgan Ukraina armiyasi sobiq bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy boʻlishi mumkin.
“U nomzodini ilgari surmasa, prezidentlik saylovlarida Zelenskiy gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega. Turli siyosiy kuchlar, jumladan, “Batkivshina” etakchisi, sobiq bosh vazir Yuliy Timoshenko, sobiq prezident Pyotr Poroshenko va hatto amaldagi prezident ham saylovoldi kurashida Zalujniy nomidan foydalanishga urinmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, prezident idorasi rahbari Andrey Ermak Zalujniyga agar u saylovda oʻz nomzodini koʻrsatmasa, Zelenskiy tomonida ishtirok etsa, “Xalq xizmatchisi” partiyasi roʻyxatida birinchi oʻrinni va Oliy Rada spikeri oʻrnini olishi mumkinligini aytgan.
“Aks holda, sobiq Ukraina armiyasi qoʻmondoni rahbariga jinoiy javobgarlik tahdid solmoqda, masalan, 2022 yilda Xersonni Rossiya qoʻshinlariga topshirish ishi boʻyicha”, deydi siyosiy doiralardagi noma'lum manbalar.
Telegraf soʻroviga javoban Zalujniy oʻzining siyosiy rejalari haqida izoh berishni rad etgan. U qisqacha “Avvalo biz davlatchiligimizni saqlab qolamiz. Keyin gaplashamiz”, deya javob bergan.
Ilgari Vladimir Zelenskiy urush paytida saylov oʻtkazish mumkin emasligi haqida bir necha bor aytgandi.
“Dunyoda hech kim Ukrainada saylov oʻtkazishni talab qilmagan va qilmayapti. Avval Ukraina adolatli tinchlikka erishishi kerak, shundan soʻng ukrainaliklar adolatli saylov oʻtkazadi”, degan edi u.
Telegraf ma'lumotlariga koʻra, frontdagi ogʻir vaziyat va saylov jarayonini qanday tashkil etishni tushunmasliklariga qaramasdan, Ukrainadagi turli siyosiy kuchlar “kelgusi saylovlar boʻyicha muntazam maslahatlashuvlar olib bormoqda”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)