Daniya hukumati mudofaani kuchaytirish uchun ikkita yangi patrul kemasi sotib olmoqchi ekanini ma'lum qildi.
Mazkur kemalar F-35 samolyotlarini Grenlandiyadagi Kangerlussuak aeroportiga tashish ishlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, aeroportni oʻzini ham modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Kopengagen, shuningdek, kuchuklar tortib yuradigan chana patrullari sonini ham koʻpaytirmoqchi.
Foto: Report.az
Avvalroq Daniya Shimoliy Atlantika okeani va Arktikada uzoq masofaga uchuvchi dronlar yordamida patrul xizmatini kuchaytirish uchun 400 million dollar ajratgan edi.
Bu harakatlarning barchasiga AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi haqida e'lon qilgani sabab boʻldi.
Politico nashri AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmasligini ma'lum qilgandi.
Ma'lumotlarga koʻra, 2024 yilda Qoʻshma Shtatlarning harbiy byudjeti 948 milliard dollarni, Daniyaning harbiy byudjeti esa 9,9 milliard dollarni tashkil etgan. AQSh qurolli kuchlari soni 1,3 million kishiga, Daniya qurolli kuchlari esa 17 ming kishiga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi