13:38 / 11.01.2025
15

Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda

Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Foto: AFP
Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik ayol qishda farzandini maktabga olib bora olmasligini, chunki sovuqda ertalab 6:30 da turish juda qiyinligini yozdi. Shundan soʻng, u echim sifatida kurer xizmatidan foydalanishga qaror qilgan: ayol bolasini maktabga olib borish uchun ovqat etkazib beruvchini yollagan. Keyinchalik, Xitoydagi boshqa fuqarolar ham uning ishini takrorladi, deb yozmoqda South China Morning Post.

Ayolning postiga qoldirilgan izohlarida odamlar uning juda “aqlli gʻoya” berganini ta'kidlay boshlagan: “Bolalarni olib ketish va joʻnatmalarni etkazib berish — bu aslida bir xil ish, eng muhimi, ular butun va bexatar manzilga etib borishsa, bas”.

Masalan, Henan provintsiyasidan Jen ismli ayol shu gʻoyadan ilhomlangan. Ayolning aytishicha, u tuni bilan ishlaydi, shu sababli ertalab qattiq charchaydi va farzandini maktabga olib bora olmaydi. Shu bois, u ham tez-tez kurerlarni yollashni boshlagan.

Kurerlar bolalarga juda yaxshi munosabatda boʻlyapti, u bolani maktabga eson-omon olib boradi va menga dalil sifatida video yuboradi”, — dedi u.

Jenning fikricha, oziq-ovqat etkazib beruvchilarga ishonsa boʻladi, chunki ular professional tayyorgarlikdan oʻtadi. Chendu provintsiyasidagi yana bir ayol ham shu maqsadda kurer yollaganini tan oldi: faqat bir marta — oʻshanda koʻchada kuchli yomgʻir yoqqan va u tirbandlik tufayli bolani maktabga vaqtida olib borolmasligidan qoʻrqqan.

Biroq ba'zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari onalarni mas'uliyatsizlikda aybladi. Koʻpchilik kurerlarni yaxshi haydovchi emas, deb hisoblaydi. Buning ustiga, ularda doim ham ikkinchi “kaska” boʻlavermaydi. Koʻp oʻtmay, muhokamalarga etkazib berish kompaniyalari ham qoʻshildi. Ular odamlarni tashish xizmatini koʻrsatmasligini ta'kidladi va agar kurerlar bu ish bilan shugʻullanayotgani aniqlansa, ularni jazolashga va'da berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo