date
views 277

Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi

Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Foto: Report.az
Norvegiya hukumati yangi binolarda bomba boshpanalarini qurish talabini qayta tiklashga va uni yana majburiy qilishga harakat qilmoqda. Mazkur talab 27 yil avval bekor qilingandi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.

10 yanvar kuni e'lon qilingan hisobotga koʻra, binolarda boshpanaga joy ajratish Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida fuqarolik jamiyatining inqirozli vaziyatlarga chidamliligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasining bir qismidir.

Ta'kidlanishicha, 1000 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega boʻlgan barcha yangi binolarda bomba boshpanalarini majburiy qurishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror 1998 yilda qabul qilingan.

Ushbu qaror oqibatida, 27 yil davomida Norvegiyada birorta ham yangi havo hujumidan boshpana qurilmadi.

Hujjatda aytilishicha, mavjud havo hujumidan boshpanalar Norvegiya aholisining qariyb 45 foizini qamrab oladi, Finlyandiyada bu koʻrsatkich 90 foiz, Daniyada 80 foiz va Shvetsiyada 70 foizni tashkil qiladi.

Norvegiyaning sa'y-harakatlari mintaqadagi mamlakatlarni nafaqat harbiy, balki tabiiy ofatlar va kiberhujumlarga chidamli qilishga, favqulodda vaziyatlar zaxiralarini yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, bu orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarga tayyorlash tendentsiyasiga amal qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi