Foto: Woven Toyota
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi oʻzining Woven City nomli «aqlli shahri» qurilishi yakunlanganini e'lon qildi. Ushbu shahar avtonom elektromobillar, robotlar, oziq-ovqat etkazib berish uchun moʻljallangan dronlar va, albatta, oʻz egalarining barcha istaklarini biladigan sun'iy intellektga ega «aqlli» uylardan iborat.
Woven City’ni qurish ishlari 2020 yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib, Fuji (Fudziyama) togʻi yaqinidagi ushbu majmuaga 360 kishi joylashtirilgan. 2025 yilning kuzida esa u birinchi yuz kishini — kompaniya xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlarini qabul qiladi. Ammo bu barchasi emas: shahar toʻliq ochilganidan keyin u erda umumiy hisobda 2 mingga yaqin inson yashashi mumkin boʻladi.
Foto: Woven Toyota
Foto: Woven Toyota
Foto: Woven Toyota
«Toyota’ning kuchli tomonlarini boshqa sohalar vakillari bilan birlashtirib, biz mustaqil erishib boʻlmaydigan yangi qadriyatlar, yangi mahsulot va xizmatlar yarata olishimizga ishonamiz», — deydi Toyota Motor Corp raisi Akio Toyoda.
Woven City — sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan «aqlli» uylardan tortib, transportning muayyan turlari uchun moʻljallangan koʻchalargacha boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni kundalik hayotga olib kirishga qaratilgan loyiha. Shu bilan birga, majmua ekologiya haqida ham qaygʻuradi — u hozirda energiya samaradorlik, suv ta'minoti, ekologik toza mahsulotlar, dizayndagi innovatsiyalar boʻyicha dunyodagi eng yuqori standart boʻlgan LEED’ning platina sertifikatini olgan.
Foto: Woven Toyota
Foto: Woven Toyota
Foto: Woven Toyota
Woven City Toyota’ning Fudziyama etaklarida joylashgan sobiq zavodi erlarida qurilgan. Oldin u erdagi 700 ming metr kvadrat joyda 7 ming nafar xodim ishlagan. 53 yillik faoliyatidan soʻng korxona 2020 yil oxirida yopilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!