Vyetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi

Vyetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi
Vetnam dunyoning qahva eksport qiluvchi ikkinchi yirik davlatiga aylandi

Vyetnam 2014 yil yakunlari bo‘yicha dunyoda qahva eksport qiluvchi davlatlar qatorida Braziliyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda mamlakat qishloq ho‘jaligi va agrar rivojlantirish vazirligi tomonidan xabar berilgan.

O‘tgan yilda qahva eksporti 3,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Hozirda Vyetnamda qahva yetishtiruvchi maydonlar 640 ming gektarni tashkil etmoqda.

Shu tariqa Vyetnam dunyoda qahva yetishtiruvchi 5 davlatdan biriga aylangan, bu yerdan mahsulotlar 60dan ortiq davlatlarga yetkaziladi. Vyetnam qahvasining xaridori AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya davlatlari hisoblanadi.

Qahva Vyetnam tomonidan eksport qilinadigan guruch, neft va tabiiy kauchuk mahsulotlari qatoriga kiradi va ushbu sohada aholining qariyb yarim millioni mehnat qiladi.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar