AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning oʻgʻli AQSh Grenlandiyani sotib olishini qoʻllab-quvvatlash uchun uysizlarga pul berdi. Bu haqda Bild'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Hafta boshida kichik Donald Tramp Grenlandiya poytaxti Nuukka tashrif buyurgan. U oʻzini sodiq tarafdorlari qurshovida koʻrsatishga uringan. Make America Great Again yozuvi tushirilgan kepka kiygan mahalliy aholi boʻlajak Amerika prezidentini yaxshi koʻrishlarini aytgan.
Foto: NYP
Ammo Bild xabariga koʻra, bu “muxlislar” aslida Donald Trampning haqiqiy tarafdorlari emas. Odamlarni bepul ovqat evaziga koʻchadan chaqirishgan.
Kichik Tramp supermarket oldida mayda-chuyda sotib kun koʻradigan uysizlar va kambagʻallarni topgan, dedi uchrashuv ishtirokchilaridan biri.
Taklif etilganlarga Trampning saylovoldi kampaniyasi belgisi tushirilgan kepkalar berilgan va ular restoranga taklif qilingan. Butun tadbirga AQShning saylangan prezidenti oʻgʻli 10 ming Daniya kronidan kam (taxminan 1340 yevro) sarflagani aytilmoqda.
Restoran xodimiga koʻra, tashkilotchilar “derazadan koʻchaga qarab bepul ovqat borligini baqirib aytgan va bu juda uyatli boʻlgan”. Guvohlar ofitsiantlarga deyarli choy puli qoldirilmaganini aytmoqda.
Tramp 10 yanvar kuni Grenlandiya aholisi Trampdan orolni sotib olishni soʻragan videoni e'lon qilgandi. Video kichik Trampning yaqinda orolga tashrifi chogʻida suratga olingan. Kadrlarda Make America Great Again yozuvi tushirilgan kepkali aholi AQShning saylangan prezidentini qoʻllab-quvvatlashini aytgandi.
Tramp Grenlandiyani oʻzlashtirmoqchi
Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga ega.
Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob berdi. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan oldi. Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi boʻlgan va hozirgacha qirollikning bir qismi boʻlib qolmoqda. 2009 yilda orol oʻzini oʻzi boshqarish va ichki siyosatda mustaqil tanlov qilish imkoniyati bilan avtonomiyaga ega boʻldi.
Bloomberg manbalariga koʻra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. AQShning Grenlandiya mineral-xom ashyo sektoriga kiritgan sarmoyasi dunyoning nodir metallar bozorida Xitoyning hukmronligiga qarshi kurashda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.
Trampning tahdidlari fonida Daniya Grenlandiya mudofaasini kuchaytirib, gerbini oʻzgartirdi. Qirol Frederik X Norvegiya va Shvetsiya bilan ittifoqqa ishora qilgan va 500 yildan ortiq vaqt davomida gerbda boʻlgan uchta tojni olib tashlashni buyurdi. Grenlandiya va Farer orollari ramzlari — oq ayiq va qoʻchqor ikki qismga boʻlinib, ikkinchi va uchinchi maydonlarga koʻchirildi, ya'ni kattalashtirildi. Daniya va Janubiy Yutlandiya ramzlari esa birinchi va toʻrtinchi maydonlarga oʻtkazildi.
CNN ma'lumotlariga koʻra, prezident maslahatchilari Daniya amaldorlarini AQShning saylangan prezidenti Grenlandiyaga nisbatan jiddiy niyatda ekani haqida ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi