Foto: Videodan kadr
Gruziya poytaxti Tbilisida 12 yanvar kuni namoyishchilar korporativ ziyofatga kelgan sudyalarga tuxum uloqtirdi. Bu haqda Exo Kavkazaga tayanib Daryo xabar berdi.
Namoyishchilar sudyalar korpusi vakillari uchun tantanali kecha oʻtkazilayotgan restoran oldida toʻplangan. Ular sudyalarni yoqimsiz shiorlar bilan qarshi olgan. Bir necha sudya restorandan chiqqanidan soʻng, namoyishchilar ularga tuxum uloqtirishi ortidan mojaro boshlangan.
Ta'kidlanishicha, ogʻzaki tortishuvdan soʻng huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan toʻqnashuvlar boshlangan. Buning oqibatida politsiya xodimlari bir necha kishini hibsga olgan.
Namoyish sababi
Fuqarolarning noroziligi Tbilisi shahar sudining qarorlari bilan bogʻliq. Qaror boʻyicha, Evropa integratsiyasini qoʻllab-quvvatlab namoyishga chiqqan va jinoyat moddalariga koʻra qoʻlga olingan shaxslar hibsda qoldirilmoqda. Qoʻlga olinganlarning ota-onalari ham sudyalarga qarshi norozilik bildirgan.
Parallel ravishda aktsiya Batumida kechqurun boʻlib oʻtdi, u erda hibsga olishlar 11 yanvarda boshlanib, 12 yanvar kuni davom etgan. Qoʻlga olinganlar orasida muxolifatdagi “Droa” partiyasi etakchisi Elene Xoshtariya hamda “Batumelebi” va “Netgazeti” internet nashrlari asoschisi Mziya Amaglobeli bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)