19:00 / 13.01.2025
38

Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi

Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Foto: BILD
Germaniya tilshunoslari «bionemis» (Biodeutsch) soʻzini 2024 yilning gʻayrisoʻzi deb baholashdi. Ekspertlarning fikricha, bu atama odamlarni biologik kelib chiqishiga qarab kamsitishga xizmat qiladi.

- «Bionemis» soʻzi 2024 yilda odamlarni kelib chiqishiga koʻra ajratish uchun keng jamoatchilik mubohasalarida va ijtimoiy tarmoqlarda faol qoʻllanildi, — deyiladi hakamlar hay'ati bayonotida.

Avvaliga hazil tariqasida qoʻllanila boshlagan bu soʻz ekologik toza mahsulotni ifodalovchi «biosertifikat» soʻzidan kelib chiqqan. Ammo u tobora irqchilikni aks ettiruvchi kundalik soʻzga aylanib bordi. Bu atamaning qoʻllanilishi odamlarni toifalarga ajratib yuboradi, deya xulosa berishdi hakamlar.

Yilning yomon soʻzlari roʻyxatida ikkinchi oʻringa «istitishni taqiqlash» (Heizungsverbot) qoʻyildi. Lingvistlar iqlim siyosati boʻyicha debatlarda bu soʻz manipulyatsiya xususiyatiga ega boʻlib, odamlarni chalgʻitishini aytishdi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda Germaniyada migrantlarni oʻz mamlakatlariga qaytib ketishini kamsitish ma'nosida ifodalagan «remigratsiya» (Remigration) eng zararli soʻz deb topilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo