15:49 / 14.01.2025
593

Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi

Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Foto: Financial Times
Donald Tramp prezident sifatida birinchi marta 2019 yilda AQSh Daniyadan Grenlandiyani sotib olishi mumkinligini aytgandi. Daniya razvedkasi bunga Rossiyaning provokatsiyasi sabab boʻlganini ma'lum qildi.

Razvedkaga koʻra, Rossiya agentlari oʻsha paytdagi Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Ane Lone Bagger nomidan AQSh senatori Tom Kottonga soxta xat yoʻllagan. Xatda vazir AQShdan koʻrsatilgan “moliyaviy yordam” uchun minnatdorlik bildirib, Grenlandiyani Daniyadan mustaqil qilish uchun tezroq referendum oʻtkazishga va'da bergan.

Aslida, Ane Lone Bagger bunday xat yozmagan, biroq Tramp tarafdori Kotton xatni olganidan soʻng Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan. Ayrim ma'lumotlarga koʻra, aynan Kottonning soʻzlaridan soʻng Tramp bu haqida jiddiy oʻylay boshlagan.

Daniya razvedkasi versiyasiga koʻra, Rossiya maxsus xizmatlari NATO mamlakatlarini ajratish va Arktikada Rossiya hamda Xitoy ta'sirini kuchaytirish maqsadida senatorga xatni soxtalashtirgan.

Oʻsha paytda, 2019 yilda, Kopengagen hukumati Trampning gaplariga masxara bilan javob qaytargan, Tramp esa jahli chiqib, Daniyaga davlat tashrifini bekor qilgandi. Hozir, 20 yanvargi inauguratsiya oldidan, Tramp yana Grenlandiyani sotib olish gʻoyasini yangiladi va hatto kuch ishlatish ehtimolini nazarda tutdi.

Bu safar Kopengagen ehtiyotkorlik bilan yondashishga qaror qildi. Bosh vazir Mette Frederiksen Grenlandiyada hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilishni taklif qildi, Daniya Mudofaa vazirligi esa orolda harbiy mavjudlikni oshirish rejalari haqida gapirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo