Germaniya kansleri Olaf Shols AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning NATO a'zolari yalpi ichki mahsulotning (YaIM) kamida 5 foizini mudofaa uchun sarflashi haqidagi talabini rad etdi.
Kansler Bielefeld shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvda bunga oʻz munosabatini bildirgan.
“Yiliga besh foiz ajratsak, bu 200 milliard yevrodan (204 milliard dollar) oshadi, federal byudjet esa 500 milliard yevroga ham etmaydi”, degan Shols.
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) nomzodi Olaf Shols saylovchilar bilan uchrashuvda
Foto: dpa
Siyosatchining ta'kidlashicha, bunga faqat soliqlarni katta miqdorda oshirish yoki muhim loyihalarga moliyaviy oqimlarni qisqartirish bilan erishish mumkin. Kansler uning mamlakati yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaaga ajratish boʻyicha NATOning joriy talabiga rioya qilinishiga va'da berdi. Germaniya bu koʻrsatkichga Sovuq urush tugaganidan beri ilk bor 2024 yili erishdi.
“Iqtisodiy mahsulotimizning 2 foizini mudofaaga sarflashda davom etishimizga kafolat beraman. Bu echim emas, degan odam pul qayerdan kelishini ham aytishi kerak”, dedi Sotsial-demokratik partiya (SPD) a'zosi Olaf Shols.
Germaniya mudofaa xarajatlarini Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqinidan soʻng tashkil etilgan 100 milliard yevrolik maxsus jamgʻarma hisobiga koʻpaytirdi. Bu esa yangi qurol-yarogʻlar sotib olish, Bundesverning aloqa va razvedka infratuzilmasni raqamlashtirish va zaxiralar shakllantirsh uchun moliyaviy manba sifatida xizmat qildi.
Germaniya harbiy xizmatchilari Puma piyoda jangovar mashinasi bilan.
Foto: Top war
Biroq Germaniya konstitutsiyasida mustahkamlangan byudjet prioritetlari va kamomadlarga qarshi qat'iy qoidalar sharoitida, mudofaaa xarajatlarining hozirgi darajasini qanday ushlab turish savol ostida qolyapti.
2025 yilning fevral oyida boʻlib oʻtishi kutilayotgan saylovlarda Yashillar partiyasidan asosiy nomzod sifatida ishtirok etayotgan Germaniyaning amaldagi vitse-kansleri Robert Xabek esa mudofaa xarajatlarini YaIMning 3,5 foizigacha oshirishga chaqirdi.
Soʻrovlarda etakchilik qilayotgan muxolif oʻng markazchi CDU/CSU bloki esa partiyaning saylovoldi manifestiga YaIMning kamida 2 foizini mudofaa uchun sarflash va'dasini kiritdi.
Qrim anneksiyasidan soʻng NATO oʻz oldiga mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foiziga etkazish maqsadini qoʻygandi. Biroq oʻtgan hafta AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp alyans a'zolaridan 5 foizlik koʻrsatkichni talab qildi. Reuters nashrining alyans rasmiylariga tayanib yozishicha, NATO bunga rozi boʻlmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”