Foto: PBS
Ilon Mask Oq uy majmuasidagi ofis binolaridan yangi tashkil etilgan “Hukumat samaradorligi departamenti” (DOGE) shtab-kvartirasi sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Mask va boshqa tadbirkor — Vivek Ramasvami boshchiligidagi ushbu tuzilma faoliyati davlat xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan boʻlishi kutilmoqda.
Nashr manbalari Mask uchun Oq uy yonida joylashgan Eyzenxauerning ma'muriy binosida joy ajratilishini kutmoqda. Bunday joylashuv tadbirkorga Donald Tramp lavozimiga kirishganida, unga tezda murojaat qilish imkonini beradi.
Mask Trampning oʻtish guruhi vakillari bilan allaqachon Gʻarb qanotiga kirish darajasini muhokama qilgan, ammo bu muzokaralarning aniq tafsilotlari hozircha noma'lum. Oq uyning ushbu qismida erkin harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma kerak.
Mask Trampning saylov kampaniyasini faol qoʻllab-quvvatlab, yuzlab million dollar xayriya qilgan va saylovoldi poygasi davomida uning doimiy hamrohi boʻlib, muntazam ravishda saylangan prezidentning Mar-a-Lagodagi qarorgohi hududidagi ijaraga olingan kottejlariga tashrif buyurdi.
Ushbu binoda Ramasvamiga ham ish joyi ajratilishi hozircha noma'lum. DOGE loyihasining oʻzi hukumat tuzilmasidagi toʻlaqonli departament emas, Mask va uning xodimlarining maqomi davlat jarayonlarini boshqarishda ishtirok etuvchi tashqi shaxslar uchun qoidalarga rioya qilish bilan bogʻliq savollarni keltirib chiqaradi. DOGE xodimlari hozircha SpaceX'ning Vashingtondagi ofislarida ishlaydi, Tramp ma'muriyati va Departament vakillari esa loyihaning tuzilishi va byudjeti boʻyicha izoh berishdan tiyilishmoqda.
Avvalroq Mask Trampning atrofidagilarga saylangan prezidentning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan Oq uyga koʻchib oʻtishga tayyorgarlik koʻrishiga toʻsqinlik qilayotgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi