11:15 / 15.01.2025
142

Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi

Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Foto: Shutterstock
Turkiyaning Istanbul shahrida qalbaki alkogoldan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi. Bu haqda Bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.

2025 yil 14 yanvar kuni Istanbulning Aksaray tumanida sotib olingan qoʻlbola spirtli ichimlik iste'moli oqibatida 35–40 yoshdagi 5 nafar oʻzbekistonlik erkak vafot etgandi. Olingan ma'lumotlariga koʻra, soʻnggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste'moli oqibatida zaharlangan. Shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir. Ularning 11 nafari hayotdan koʻz yumgan.

Qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 6 nafarga etdi: ulardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi.

Qayd etilishicha, politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi. Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qoʻlga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Shu munosabat bilan, Istanbul shahridagi Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo