Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi

Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasida amerikalik uch milliarder — Ilon Mask (SpaceX va Tesla rahbari), Jeff Bezos (Amazon asoschisi) va Mark Tsukerberg (Meta ragʻbari) mehmon boʻladi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

«Marosimda ularga koʻrinarli joy ajratilgan, milliarderlar Trampning ma'muriyatida katta lavozimlarga tayinlanadigan va nomzod boʻlgan faxriy mehmonlar yonida oʻtirishadi», — deyiladi telekanal xabarida.

Yuqorida sanalgan tadbirkorlar jahondagi eng boy kishilar: Mask — birinchi, Bezos — ikkinchi, Tsukerberg — uchinchi oʻrinda.

Donald Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar