Foto: Getty Images
AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Ilon Maskni 2022 yilda Twitter’ning katta ulushini sotib olganini kech oshkor qilgani uchun sudga berdi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Milliarder qimmatli qogʻozlar boʻyicha federal qonunni buzgani aytilmoqda. Chunki u Twitter aktsiyalarining dastlabki 5 foizini sotib olganini e'lon qilishni 11 kunga kechiktirgan. SEC qoidalariga koʻra, investorlar 10 kalendar kun ichida 5 foiz aktsiyaga egalik qilish chegarasini kesib oʻtgani haqida xabar berishi shart. Mask uchun bu muddat 2022 yil 24 martda tugagan.
Milliarder 2022 yil 4 aprelgacha oʻz xaridlari haqida xabar bermagan, bu paytda u kompaniya aktsiyalarining 9,2 foiziga egalik qilgandi. SEC shu vaqt oraligʻida u Twitter aktsiyalarini sun'iy ravishda pasaytirilgan narxlarda 500 million dollardan ortiqqa sotib olgani, bu esa boshqa investorlarga zarar keltirganini aytdi.
Uning ulushi haqidagi ma'lumot oshkor qilingandan soʻng Twitter aktsiyalari narxi 27 foizdan koʻproqqa oshdi.
SEC Maskdan jarima toʻlashni va noqonuniy yoʻl bilan olgan daromadlarini qaytarishni talab qilmoqda.
2022 yil oktyabrda Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olib, uni X deb oʻzgartirgan Ilon Mask oʻz advokati Aleks Spiro orqali bu da'voni SECning koʻp yillik ta'qib kampaniyasining bir qismi deb baholadi.
“SECning bugungi harakatlari ular haqiqiy ayblovlarni qoʻya olmasliklarini tan olishdir. Ayblovlar faqat ma'muriy qoidabuzarlik — bitta shaklni oʻz vaqtida taqdim etmaslik bilan bogʻliq boʻlib, bu isbotlansa ham, faqat arzimas jarimaga olib keladi”, dedi advokat.
SEC ushbu da'voni Donald Trampning inauguratsiyasidan olti kun oldin taqdim etdi. SEC rahbari Geri Gensler oʻz vakolatlarini shu kuniyoq zimmasidan soqit qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi