00:30 / 16.01.2025
0

Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi

Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Foto: AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan Ukraina boʻyicha boʻlajak muzokaralarda Kiyevdan NATO bilan harbiy hamkorlikni keskin qisqartirishni, shuningdek, blokka a'zo boʻlish rejalaridan butunlay voz kechishni talab qilmoqchi.

Bloomberg suhbatdoshlarining aytishicha, Putin jang maydonida ustunlikka ega ekaniga ishonadi va shu sababli Ukrainani cheklangan qurolli kuchga ega neytral davlatga aylantirishga intilmoqda.

Shuningdek, Kremlning pozitsiyasi shundan iboratki, NATO a'zo davlatlari Ukrainaga yakka tartibda qurol etkazib berishni davom ettirishi mumkin, biroq ularning qurollari Rossiyaga qarshi yoki boy berilgan hududlarni qaytarib olishga urinish uchun ishlatilmasligi kerak.

Manbalarga koʻra, Putin uch yillik urush davomida Rossiya armiyasi egallab olgan Ukraina hududining kamida 20 foizi ustidan Rossiya nazoratni saqlab qolishini talab qilmoqda. Shu bilan birga, agentlik manbalari Moskva “ba'zi hududlarni almashtirishga” tayyorligini qayd etgan.

Nashr manbalarining ta'kidlashicha, taxminan bir yil oldin Putin norasmiy kanallar orqali AQShga Ukrainaning betaraf maqomi haqidagi talabdan voz kechishga va hatto kelgusida NATOga kirishiga ruxsat berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Biroq oʻshandan beri Ukraina armiyasi uchun frontdagi vaziyat yomonlashgan, Rossiya qoʻshinlari Donbassga yana hujum qila boshlagan va bu Putinga dadillik bergan”, deydi agentlik suhbatdoshlari.

Aniqlanishicha, hozirda Rossiya va Ukraina har ikki mamlakatning atom elektr stantsiyalarini zarbalardan himoya qilish uchun Qatarda cheklangan muzokaralar olib bormoqda.

Kremlning xalqaro siyosatiga aloqador ikki rossiyalik amaldor avvalroq ma'lum qilganidek, Kreml va AQShning yangi ma'muriyati oʻrtasidagi muloqot “jamoalar darajasida” 2024 yilning noyabr dekabr oylarida yoʻlga qoʻyilgan, shuningdek Putin va Tramp oʻrtasida birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatilgan.

Ularning soʻzlariga koʻra, Kreml va Tramp jamoasi muloqot boshlanganini ataylab e'lon qilmagan va OAV xabarlari paydo boʻlganidan keyin uni har tomonlama rad etgan, bu esa AQSh amaldorlarining boʻlajak prezidentga bosimidan qochish uchun qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo