206
Jo Bayden amerikaliklarni hokimiyat «bir necha oʻta boy odamlar» qoʻlida toʻplanishi haqida ogohlantirdi
15 yanvar, chorshanba kuni oʻz lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti Jo Bayden xalqqa xayrlashuv nutqida amerikalik fuqarolarni mamlakatda rivojlanayotgan «oligarxiya»ga qarshi «ehtiyot boʻlishga» chaqirdi. 82 yoshli demokrat oʻzining yagona prezidentlik muddati yakunida: «Bugun Amerikada oligarxiya shakllanmoqda, bu bizning butun demokratiyamizga tom ma'noda tahdid solmoqda», dedi va bu «hokimiyatning bir necha super boy odamlarning qoʻlida toʻplanishi» ekanligini aytdi.
Jo Bayden: Amerikaliklar notoʻgʻri ma'lumotlar koʻchkisi ostida qolgan
AQSh fuqarolari «hokimiyatni suiiste'mol qilishni kuchaytiruvchi notoʻgʻri tushunchalar va notoʻgʻri ma'lumotlar koʻchkisi ostida qolmoqda», dedi Bayden X va Meta hamda ularning egalari, AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchisi boʻlgan Ilon Mask va Mark Tsukerbergni qoralab.
Oq uy rahbari, shuningdek, prezidentlik davrida atrof-muhitni muhofaza qilgan holda iqtisodiy oʻsishga erishganini aytdi. «Biz ikkalasini ham qilyapmiz, ammo qudratli kuchlar iqlim inqirozini hal qilish uchun qadamlarimizni bekor etish maqsadida oʻzlarining nazoratsiz ta'siridan foydalanmoqchi», dedi Bayden.
CNN soʻrovlariga koʻra, Baydenni Oq uyni tark etishidan oldin ma'qullash reytingi 36 foizni tashkil etgan, bu uning prezidentligi davridagi eng past koʻrsatkichdir. Ayni paytda, Donald Trampning 2021 yilda prezidentlik muddati yakunlanganidan soʻng ma'qullash reytingi undan ham pastroq boʻlib, 34 foizni tashkil qilgan.
Respublikachi Donald Tramp 20 yanvar kuni AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar