07:35 / 17.01.2025
533

Yaponiyada «megazilzila» sodir boʻlish ehtimoli 80 foizgacha oshdi

Yaponiyada «megazilzila» sodir boʻlish ehtimoli 80 foizgacha oshdi
Foto: Anadolu
Yaponiyada oxirgi 30 yilda Nankay yorigʻi zonasida «megazilzila» yuz berish ehtimoli 80 foizgacha oshdi. Bu haqda Zilzilalarni tadqiq etish boʻyicha hukumat komissiyasi ma'lum qildi, deb xabar beradi Kyodo News.

Komissiya raisi Naosi Xirataning ta'kidlashicha, 2024 yil 1 yanvarda Noto yarimorolida sodir boʻlgan zilziladan keyin Yaponiyada bir necha marta 6 magnitudali erosti silkinishlari kuzatilgan.

U seysmik faollik yana qanchadir vaqt davom etishi mumkinligi sabab ogohlikni saqlab qolish kerakligini qayd etdi. Xirataning soʻzlariga koʻra, bu kabi seysmik faollik oldinlari Yaponiyada kuzatilmagan, shu bois «u qachon toʻxtashini oldindan aytish mushkul».

2024 yil 8 avgust kuni Miyadzaki prefekturasi sohillarida 7,1 magnitudali zilzila kuzatilganidan keyin Yaponiya hukumati Nankay yorigʻida ham erosti silkinishlari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqandi.

Yaponiya anchadan beri yaqin 30 yil ichida Nankay yorigʻida 8-9 balli zilzila sodir boʻlishidan xavotirda. U kuchli erosti silkinishlari va ulkan tsunamilarni yuzaga keltirishi mumkin. Ta'kidlanishicha, mazkur hududda har 100-150 yilda kuchli zilzilalar sodir boʻladi va bundan oldingi zilzila salkam 80 yil oldin yuz bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo