08:57 / 17.01.2025
3 196

AQSh 2028 yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirmoqchi

AQSh 2028 yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirmoqchi
AQShda 2028 yilga borib junli mamontlarni qayta tiriltirish rejalashtirilmoqda. Mamontlarni qayta hayotga qaytarish uchun abadiy muzliklarda saqlanib qolgan DNKdan foydalanish rejasi bor.

Colossal Biosciences biotexnologiya kompaniyasi ushbu maqsadga erishish uchun 200 million dollarlik sarmoya jalb qilgani haqida Bloomberg xabar berdi. Mamont bolasini dunyoga keltirish uchun surrogat ona sifatida fildan foydalanish rejalashtirilgan. Kompaniya ma'lumotlariga koʻra, tugʻilgan mamontcha doimiy nazoratda boʻlib, keng koʻlamli bioxavfsiz qoʻriqxonada yashashi ta'minlanadi.

Shu bilan birga, olimlar orasida mamontlarni tiriltirish gʻoyasiga shubha bilan qaraganlar ham bor. Ular hozirgi oʻzgargan iqlim sharoitida mamontlar qanchalik moslasha olishi haqida savol qoʻymoqda. Qolaversa, Osiyo fili hujayralari asosida yaratilgan mamont haqiqiy mamont boʻladimi, degan bahslar ham mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo