Kollaj: “Daryo”
SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kosmik kemasi ettinchi sinov parvozi payti Atlantika okeani ustida portlab ketdi. Bu haqda Space'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Dastlab 123 metrli apparat Janubiy Texasdagi Starbase bazasidan muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va pogʻonalarni ajratishga erishgan. Uning Super Heavy deb nomlangan birinchi pogʻonasi Starbase bazasiga qaytgan va rejaga koʻra Hind okeanida qoʻnishi kerak edi.
Ammo taxminan 8 daqiqa oʻtgach, yuqori pogʻona bilan aloqa yoʻqolgan, u Er atmosferasida portlagan. Kosmik kema parchalari Karib dengizi ustidagi tungi osmonni yoritgan.
SpaceX kompaniyasi egasi, milliarder Ilon Mask hodisaga quyidagicha munosabat bildirgan.
“Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, kosmik kema dvigatelining himoya devori ustidagi boʻshliqda kislorod yoki yonilgʻi sizib chiqqan”, degan u.
Milliarderning soʻzlariga koʻra, kompaniya muhandislari sizib chiqishlarni ikki marta tekshirishdan tashqari, yongʻin oʻchirish tizimini oʻrnatadi va ehtimol, ventilyatsiya teshigining maydonini kengaytiradi. Mask halokat tufayli Starship’ning keyingi sinov uchirilishini kechiktirish ehtimoli kam ekanini ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar