13:00 / 17.01.2025
243

Rossiya rasmiylari oʻzgacha fikrlovchilarni ta'qib qilishni kuchaytirmoqda(mi?)

Rossiya rasmiylari oʻzgacha fikrlovchilarni ta'qib qilishni kuchaytirmoqda(mi?)
Ukrainaga qarshi koʻplab qonunbuzarliklar bilan olib borilayotgan keng koʻlamli urushning uchinchi yilida Kreml Rossiya ichidagi har qanday koʻrinishdagi norozilikni bostirishga qaratilgan agressiv kursini davom ettirdi va kuchaytirdi. Bu haqda Human Rights Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkilotining 16 yanvar, payshanba kuni e'lon qilingan 2025 yilgi Butunjahon hisobotida aytiladi.

«Kreml fuqarolardan Ukrainaga qarshi urushni va an'anaviy rus qadriyatlarini qoʻllab-quvvatlash talablarini ikki baravar oshirdi va unga rioya qilishdan bosh tortganlarni jazolashni yanada osonlashtirish uchun yangi repressiv qonunlarni qabul qildi», — deydi HRW'ning Evropa va Markaziy Osiyo boʻlimi direktori Xyu Uilyamson.

Hisobotda aytilishicha, Ukrainada Rossiya qurolli kuchlari tinch aholi infratuzilmasini tartibsiz ravishda bombardimon qilmoqda va oʻqqa tutmoqda, tinch aholi oʻldirilmoqda va keng koʻlamli vayronagarchiliklar yuz bermoqda. Rossiyaning Ukraina elektr tarmoqlariga zarbalari butun mamlakat boʻylab elektr ta'minotida uzilishlarga sabab boʻldi.

Rossiya hukumati minglab ukrainalik harbiy asirlar va tinch aholini izolyatsiya qilib, qiynoqqa solmoqda yoki gʻayriinsoniy munosabatga duchor qilmoqda. Bosib olingan hududlarda Rossiya hukumati maktablarda rus tili oʻquv dasturini joriy qilmoqda, ukrain tilidan foydalanishni taqiqlamoqda va bolalari Ukraina oʻquv dasturidan foydalangan holda onlayn oʻqishni davom ettirayotgan ota-onalarga tahdid qilmoqda.

HRW ta'kidlashicha, «Memorial» inson huquqlari tashkilotining hozirgacha 804 kishini tashkil etgan rossiyalik siyosiy mahbuslar roʻyxati oʻsishda davom etmoqda. Tashkilot hisobotida «chet el agentlari» deb tan olingan shaxslar va tashkilotlarga qaratilgan Rossiyaning yangi qonunlari keskin tanqid qilingan.

Human Rights Watch tashkiloti Rossiya hukumatini barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga va fuqarolik jamiyati erkin faoliyat yurita oladigan muhitni yaratishga chaqirdi. Rossiya hukumati insonning asosiy huquqlariga mos kelmaydigan barcha qonunlarni, jumladan, harbiy tsenzura, «chet el agentlari», «nomaqbul» xorijiy tashkilotlar, «chayldfri tashviqoti» haqidagi qonunlarni bekor qilishi kerak.

Rasmiylar, shuningdek, ukrainalik fuqarolarga nisbatan hujumlarni, hibsga olingan Ukraina fuqarolari va harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlar va gʻayriinsoniy munosabatni toʻxtatishi, okkupatsiya boʻyicha xalqaro qonunlarga rioya etish, harbiy jinoyatlar va xalqaro gumanitar huquqlarning boshqa buzilishida aybdor boʻlgan harbiy xizmatchilarni javobgarlikka tortishi kerak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo