23:23 / 18.01.2025
72

Ilon Mask Los-Anjeles merini iste'foga chiqishga chaqirdi

Ilon Mask Los-Anjeles merini iste'foga chiqishga chaqirdi
Foto: Getty Images
Los-Anjeles meri Karen Bass shahar boʻylab davom etayotgan yongʻinlar fonida siyosatni insonlarga yordam berishdan ustun qoʻymoqda. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask oʻzining X ijtimoiy tarmogʻiga yozib qoldirdi.

Shu orqali tadbirkor foydalanuvchilardan birining Bass shaharda aloqani qayta tiklashga yordam berishdan bosh tortgani, chunki «bu Mask bilan bogʻliq boʻlgani uchun muammoni hal etishdan manfaatdor emasligi» haqidagi postiga izoh berdi.

Ilon Mask Los-Anjeles meri iste'foga chiqishi kerakligini yozdi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, shaharda yongʻinlar boshlanishidan bir hafta oldin Bass oʻt oʻchiruvchilar byudjetini qoʻshimcha 49 million dollarga qiqartirishni talab qilgan — bu oʻz navbatida 16 ta oʻt oʻchirish stantsiyasining yopilishiga olib kelishi kerak edi.

Los-Anjelesda 7 yanvar kuni oʻrmon yongʻinlari boshlandi, birinchi navbatda sohil boʻyidagi Pasifik-Paliseyd alanga domida qoldi, keyin yana bir necha yongʻin oʻchoqlari paydo boʻldi. Meteorologlarning fikricha, vaziyat quruq havo va kuchli shamol tufayli keskinlashmoqda, shuningdek, oʻt oʻchirish gidrantlaridagi suv tanqisligi ham alangani toʻxtatishga xalaqit bergan.

Yongʻin 16 ming gektardan ortiq hududga tarqalgan, minglab binolar, jumladan, koʻplab Hollivud yulduzlarining uylari yonib ketgan. 180 mingga yaqin inson oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan, yongʻin oqibatida halok boʻlganlar soni esa 27 kishiga etgan (18 kishi bedarak yoʻqolganlar safida). Dastlabki ma'lumtolarga koʻra, yongʻinlar oqibatida etkazilgan iqtisodiy zarar 250 milliard dollardan oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo