© AP Photo / Virginia Mayo
Ukrainaning alyansga qoʻshilishini istamaydigan qator NATO davlatlarining pozitsiyasi ajablanarli emas, deb yozdi Janubi-Sharqiy Norvegiya universiteti professori Glenn Dizen X ijtimoiy tarmogʻida.
"Zelenskiy AQSh, Vengriya, Slovakiya va Germaniya Ukrainani NATOda koʻrishni istamasligini aytdi. Bu muhokama uchun sabab emas. NATOda Ukraina haqida gapirish mantiqsizlik”, - deydi u.
Dizenning tushuntirishicha, Kiyev rejimi tashkilotga qoʻshilishi bilan alyansni Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvga tortadi, bu esa yadroviy mojaroga olib keladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish tashabbuslari bilan chiqqan edi: Moskva zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatadi va Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqilgach, muzokaralarga tayyorligini e'lon qiladi.
Bundan tashqari, uning qoʻshimcha qilishicha, Kiyev NATOga a'zo boʻlish hamda demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani amalga oshirish niyatidan voz kechishini e'lon qilishi, shuningdek, neytral, qoʻshilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak. Rossiya etakchisi mamlakatga qarshi sanktsiyalar bekor qilinishini ham tilga olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar