12:54 / 19.01.2025
84

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti hibsda qoladigan boʻldi

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti hibsda qoladigan boʻldi
Sud Janubiy Koreyada harbiy holat e'lon qilgani uchun hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni rasman hibsga olish uchun order berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.

Qayd etilishicha, Seul Gʻarbiy okrug sudi orderni Yun isyon uyushtirgani va hokimiyatni suiiste'mol qilgani uchun bergan.

Tergovchilar endi Yun Sok Yolni 20 kungacha hibsda ushlay oladi, bunda uning 15 yanvar kuni Seuldagi qarorgohda ushlanganidan keyingi muddati ham hisoblanadi.

Korruptsiyaga qarshi tergov boshqarmasi Yunni 10 kundan keyin prokuraturaga topshirishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin prokuratura tergovni davom ettiradi va 20 kunlik muddat tugagunga qadar unga ayblov e'lon qiladi.

Yun Sok Yol 18 yanvar kuni oʻzining hibsga olinishi boʻyicha oʻtkazilgan sud eshituviga tashrif buyurgan. U besh soatlik eshituv davomida 40 daqiqa soʻzga chiqqan, shuningdek, besh daqiqalik yakunlovchi nutqini ham gapirgan.

Yun harbiy holat joriy etishga uringani uchun hokimiyatdan chetlatildi

Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarshi kurashish maqsadida e'lon qilingan harbiy holat sabab boʻldi. Yunning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qilishga muvaffaq boʻldi.

Bosh vazir Xan Dok Su dastlab prezident vazifasini bajaruvchi boʻldi. Biroq 27 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti Xanni ham hokimiyatdan chetlatish uchun ovoz berdi. Uning oʻrniga bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxve San Mok prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning soʻzlariga koʻra, siyosatining ustuvor yoʻnalishi barqarorlikni tiklash boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo