19:06 / 20.01.2025
232

Tramp ilk kundagi ijro harakatlarining tajovuzkor bosqichiga tayyorlanmoqda

Tramp ilk kundagi ijro harakatlarining tajovuzkor bosqichiga tayyorlanmoqda
Foto: AP
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va uning jamoasi respublikachilarning inauguratsiyasidan soʻng darhol 100 dan ortiq farmonlarni imzolash rejalarini amalga oshirish orqali tizimni “larzaga solish” niyatida, deb yozmoqda CNN telekanali oʻz manbalariga tayanib.

Biz kelganimizda qanchalik jiddiy ekanligimizni koʻrsatmoqchimiz. Tramp qaytdi, harakat qilish vaqti etib keldi. Bu tizim uchun chinakam zarba boʻladi”, dedi Trampning maslahatchilaridan biri.
Oq uyning saylangan rahbari maslahatchilaridan yana biri kutilayotgan harakatlarni “tez sur'atli va juda shiddatli” deb ta'rifladi. Qayd etilishicha, bir vaqtning oʻzida oʻnlab farmonlarning imzolanishi Tramp lavozimida boʻlgan birinchi haftada amalga oshiriladi.

Kanal manbalariga koʻra, gap, jumladan, AQShda energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish, chegaralar xavfsizligini kuchaytirish, ayrim sohalarda tartibga solishni yumshatish va TikTok faoliyatini saqlab qolishga qaratilgan hujjatlar haqida ketmoqda. Avvalroq Tramp oʻz tarafdorlariga inauguratsiyasi vaqtidan AQShda toʻrt yillik tanazzul davri yakunlanishini va'da qildi. Bundan tashqari, respublikachi TikTok'ni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun ijrosini darhol toʻxtatish rejalarini ma'lum qildi.

The Guardian gazetasi ham Trampning prezidentligi birinchi kunida 100 dan ortiq hujjatni imzolash niyatida ekanligi haqida xabar bergan. Gazeta ma'lumotlariga koʻra, bu choralar qatoriga migrantlarni ommaviy chiqarib yuborish dasturi, chegarada favqulodda holat e'lon qilish va Amerika eksportiga 25 foizlik boj soliq joriy etish ham kiritilgan.

AQShning 47-prezidenti saylovi 2024 yil 5 noyabrda oʻtkazilgan edi. Umumxalq ovoz berishida Tramp 51 foiz, demokratlar nomzodi Kamala Harris esa 47,4 foiz ovoz toʻplagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo