20:35 / 20.01.2025
984

Srechko Katanes qanday kasalligi ma'lum qilindi

Srechko Katanes qanday kasalligi ma'lum qilindi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes anchadan buyon sogʻligidagi muammolardan aziyat chekmoqda.

Ma'lumotlarga koʻra, sloveniyalik murabbiy onkologik kasallik bilan kurashmoqda.

- 2023 yil 14 iyun kuni Srechko Katanes sogʻligi bilan yuzaga kelgan muammolar sababli "CAFA Nation's Cup 2023" musobaqasining Turkmaniston, Tojikiston va Eronga qarshi oʻyinlarida qatnasha olmadi.

- 2024 yil 23 mart kuni kutilmaganda sogʻligi bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli oʻz vatani Sloveniyaga joʻnab ketishga majbur boʻldi. 26 mart kungi Gonkongga qarshi oʻyinga terma jamoani Alesh Chex boshchiligidagi shtab olib tushgandi.

- 2024 yil 5 iyun. Turkmanistonga qarshi oʻyindan oldingi matbuot anjumanida Srechko Katanes shunday degandi: "...Sogʻligim haqida toʻliq aytib bersam ancha vaqt kerak boʻladi. Oʻz vaqtida organizimimni eshitmaganman. Juda koʻp jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazganman. Shu sababli davolanishga toʻgʻri kelmoqda. Inson faqat hasta boʻlganidan keyingina sogʻligʻi haqida oʻylar ekan. Ayni paytda sogʻligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sogʻligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman. Ishonchim komilki, bu narsa sodir boʻlmaydi..."

- 2024 yil oktyabr oyi. Bosh murabbiy sogʻligi tufayli Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAA va Eronga qarshi oʻyinlarda ishtirok eta olmagandi.

- 2025 yil yanvar oyi. Murabbiyning salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga koʻra, Dohadagi yigʻinda ishtirok etmaydi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo