10:06 / 22.01.2025
165

Shlyapali xonim: Tramp rafiqasi inauguratsiyada nega bosh kiyimda edi?

Shlyapali xonim: Tramp rafiqasi inauguratsiyada nega bosh kiyimda edi?
Melaniya Tramp turmush oʻrtogʻi Donald Trampning inauguratsiya marosimida shlyapada koʻrinish berdi. Amerikalik dizayner Erik Javits tomonidan buyurtma asosida tikilgan bosh kiyim koʻplarning e'tiborini tortdi.

Foto: Reuters
Dizaynerga koʻra, birinchi xonim uchun kiyinish uslubini tanlash uning kasbiy faoliyatidagi eng katta sharaflardan biri hisoblanadi. Javits bosh kiyim Melaniya Tramp shaxsiyatini qayta anglashni va konservativ qadriyatlarni aks ettirishini aytmoqda.

Menimcha, bu bir oz oʻzini tutish davri, bu haqiqatan ham konservativ qadriyatlarga qaytish uchun oʻziga xos burilish nuqtasi. Shuningdek, u (Melaniya Tramp) protokolni hisobga olgan va juda nafis hamda sodda koʻrinishga ega boʻlgan deb oʻylayman...”, dedi dizayner.

Foto: AP Photo
Har qanday yuz turiga mos keladigan va uni yanada chiroyli koʻrsatadigan shlyapalar yaratishga muvaffaq boʻldim. Bu holatda esa ishni amalga oshirish qiyin boʻlmadi, chunki Tramp xonim juda yaxshi suyak tuzilmasiga, goʻzallikka va ajoyib uslub hissiga ega”, dedi Erik Javits.

2017 yilgi Ralph Lauren brendining moviy rangidagi kashmir koʻylak va qoʻlqoplaridan farqli oʻlaroq, bu safar Melaniya Tramp inauguratsiyaga mustaqil amerikalik dizayner Adam Lippes tomonidan yaratilgan toʻq koʻk ipak-jun paltoni yubka va oq ipak krep bluzkasi bilan birlashtirib kiydi.

Foto: 2017 yilgi inauguratsiya
Prezident inauguratsiyasi an'anasi Amerika demokratiyasining goʻzalligini mujassam etadi va biz birinchi xonimimiz, Melaniya Trampga uslub tanlash sharafiga muyassar boʻldik. Tramp xonimning kiyimi Amerikaning eng mohir hunarmandlari tomonidan yaratildi va men bunday ishni dunyoga koʻrsatishdan faxrlanaman”, dedi Lippes.

Foto: The New York Times
Melaniyaning birinchi inauguratsiya uslubi Jaklin Kennedinikiga taqqoslangandi. Kennedi 1961 yilda erining inauguratsiyasi munosabati bilan bosh kiyimda koʻrinish bergandi. Ammo 2017 yilda birinchi xonimni kiyintirish siyosiy bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Jumladan, ba'zi dizaynerlar buni rad etdi — odatda bu ular uchun orzu qilingan imkoniyatdir. Oʻsha paytda ba'zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Ralf Lorenni boykot qilishni talab qildi.

2025 yilda esa Ralf Loren birinchi xonim Jill Bayden uchun tanlov dizayneri boʻldi. Baydenning rafiqasi hokimiyatning oʻtishini nishonlash uchun paltosidan poyabzal va qoʻlqoplarigacha monoxromatik binafsha rangni tanladi.

Melaniya Tramp 2017 yildan 2021 yilgacha birinchi xonim sifatida faoliyat yuritgan davridan boshlab oʻzining jozibasi va uslubi bilan e'tiborni tortib kelmoqda.

Moda mutaxassislari Melaniya Trampning uslubi koʻproq “intilish” sifatida qaralishini aytmoqda. Chunki Dior hamda Versace kabi nufuzli moda uylarining dizaynlari e'tiborini jalb qiladi.

Foto: NYT
U moda olamida tan olingan siluetli dizaynerlarni tanlaydi, aniq tuzilishga ega, koʻpincha bel qismiga urgʻu berilgan kiyimlarni ma'qul koʻradi. U toʻgʻri yubkalarni yoqtiradi. Elkalari aniq ifodalangan kiyimlarni afzal biladi. Koʻpincha harbiy uslubdagi kostyumlarni kiyib yuradi”, deya izoh berdi Fridman.

Foto: Reuters

Foto: Getty Images

Foto: Reuters

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo