AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasining ertasiga Xitoy va Rossiya etakchilari Si Jinping va Vladimir Putin yaqin hamkorlikni yana bir bor tasdiqladilar. 21 yanvar, seshanba kuni boʻlib oʻtgan videomuloqot chogʻida Putin Rossiya-Xitoy hamkorligining xalqaro munosabatlardagi «muhim, barqarorlashtiruvchi roli» haqida gapirdi, deb xabar berdi Xitoy davlat telekanali CCTV.
Moskva va Pekin hamkorlikni kengaytirmoqchi
Telekanal ma'lumotlariga koʻra, Rossiya prezidenti xitoylik hamkasbini «ishonchli hamkor» deb ta'riflagan. Bundan tashqari, Putin tashqi bosimga qaramay, «doʻstlik, oʻzaro ishonch va qoʻllab-quvvatlash asosida» hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Oʻz navbatida, Xitoy rahbari Putinni oʻzining «eng yaxshi doʻsti» deb atagan va Moskva bilan munosabatlarda joriy yilda erishilishi kerak boʻlgan «yangi choʻqqilar» haqida gapirgan. «Tomonlar strategik muvofiqlashtirishni yanada chuqurlashtirishi, bir-birini qat'iy qoʻllab-quvvatlashi va har ikki davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishi kerak», dedi Si.
Kreml matbuot xizmati muloqot boshlanishi aks etgan videoni e'lon qildi. Unda Putin Si Jinpingni olqishlaydi va «oʻtgan davrdagi ish natijalarini sarhisob qilish hamda Rossiya-Xitoy keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi rejalarni belgilash» zarurligi haqida gapiradi. Bundan tashqari, u ikki davlatning «yirik mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar qanday boʻlishi kerakligi borasidagi qarashlari mos kelishini» qayd etadi. Suhbatning oʻziga xos mazmuni haqida batafsil ma'lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar