Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp 21 yanvar, seshanba kuni AQShda sun'iy intellekt (SI) infratuzilmasini rivojlantirishga 500 milliard dollargacha (479,6 milliard yevro) sarmoya kiritishni maqsad qilgan Stargate loyihasi ishga tushirilganini e'lon qildi.
Loyihani yirik sun'iy intellekt ishlab chiqaruvchisi OpenAI, Yaponiyaning SoftBank kontserni hamda dasturiy va texnik vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Amerikaning Oracle kompaniyasi amalga oshiradi. Hamkorlar orasida Microsoft, MGX, Arm va NVIDIA ham bor.
Stargate rahbarlari bilan bir qatorda soʻzga chiqqan Donald Tramp loyiha «deyarli zudlik bilan» 100 000 ish oʻrni yaratishiga va Qoʻshma Shtatlarning «texnologik kelajagi»ni ta'minlashiga va'da berdi. «Ushbu monumental tashabbus Amerikaning yangi prezident davridagi salohiyatiga ishonchning yorqin deklaratsiyasidir», dedi Tramp. Loyiha Texasning Abilin shahrida ma'lumotlar markazi qurilishi bilan boshlanadi.
Avvalroq Oq uyning yangi rahbari oʻzidan oldingi prezident Jo Baydenning sun'iy intellektni tartibga solish haqidagi farmonini bekor qilgandi. Bekor qilingan qoidalarga koʻra, OpenAI va Google kabi yirik kompaniyalar xavfsizlik ma'lumotlari va boshqa maxfiy ma'lumotlarni federal organlarga topshirishlari kerak edi. Yirik texnologiya kompaniyalari tashabbusni qoʻllab-quvvatladi, biroq kichikroq SI kompaniyalari – koʻpchiligi Donald Trampni qoʻllab-quvvatlayapti – bunga qarshi chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar